-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
O‘rmon va yog‘ochga ishlov berish sanoati
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Dala etnografiyalıq izertlew usılları
Oqıw qollanba studentler, magistr,doktorantlar hám basqa da etnografiya ilimi menen qızıǵıwshılarda dala etnografiyalıq ekspediciyalar shólkemlestiriw hám olardı ótkeriwge baylanıslı bilim, tájiriybe qáliplestiredi.
-
English for Sports and Physical Education
Mazkur o‘quv qo‘llanma “61010200-Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.
-
Python kutubxonalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining eng mashhur va talab yuqori bo‘lgan kutubxonalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular fan, texnika va axborot texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llaniladi. Kitobda ma’lumotlar, tasvirlar, grafikalar, mashinali o‘qitish, vebilovalar yaratish, shuningdek, avtomatlashtirish va ko‘p oqimli (multithreading) ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTRONIKA VA ELEKTROYURITMALAR
ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMINI MODERATSIYA QILISH SHAROITIDA PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TEXNIK FANLARNI O'QITISH JARAYONI NAFAQAT NAZARIY BILIMLARNI BERISH, BALKI ULARNING AMALIY FAOLIYTAI BILAN UZVIY BOG'LANISHNI HAM TALAB ETADI. BUGUNGI KUNDA ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQAREISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI GLOBAL MIQYOSIDA DOLZARB AHAMIYAT KASB ETMOQDA.
-
Uzumchilik
"Uzumchilik" kitobi vino (sharob) ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzumchilik sohasi bo'yicha asosiy qo'llanmalardan biri hisoblanadi va vinochilik hamda vino savdosini jiddiy o'rganayotganla uchun mo'ljallangan.
-
Noorganik va analitik kimyodan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o'quv qo'llanmada noorganik va analitik kimyo fanining nazariy va amaliy asoslari batagsil yoritilgan.Qo'llanmada dastlab kimyo laboratoriyasida ishlashning umumiy tartibi va qoidalari bayon qilinib, uning asosiy qismida kimyoning mavzularini to'liq qamrab olgan amaliy mashg'ulotlar keltirilgan. Qo'llanmaning birinchi qismida umumiy va noorganik kimyoning nazariy masalalariga, biogen elementlarning qishloq xoʻjaligidagi roli va mutaxassisliklarga mos laboratoriya ishlari keltirilgan. Ikkinchi qismida analitik kimyoning sifat va miqdor analizlari asosida kationlarni, anionlarning reaksiyalari va bularning miqdorlarini aniqlash usullari oʻz aksini topgan.
-
O‘qish va yozish amaliyoti
Mazkur o‘quv qo‘llanma “60110900 – xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘qish va yozish amaliyoti fanidan amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu darslik Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘qituvchilar va talabalar uchun pedagogik jihatdan asoslangan, akademik qat’iylik va o‘rganish uchun qulay bo‘lgan manbalarni taqdim etadi.
-
Cross-cultural communication etiquette
Mazkur qo‘llanma “60111800 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalariga “Madaniyatlararo muloqot etiketi” fanidan turli madaniyatlar doirasida muloqot qilish qoidalarini o‘rgatishga mo’ljallangan maqsadli adabiyotdir. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga qo‘yiladigan malaka talablarining amaliyotga tadbiq etilish, oliy ta’lim muassasalardagi chet tillar ta’limi sifatini oshirishni ta’minlashga xizmat qilish, talabalarda ijtimoiy lingvistik kompetensiyani rivojlantirish, xususan, madaniyatlararo nutq madaniyati qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ommaviy nutq jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishtirish va ularning samarali yechimlari hamda oldini olish usullari haqida ma’lumot berish, shu bilan birga, nutq jarayonida ishlatiladigan qo‘shimcha materiallarni tanlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Kimyoda sinfdan tashqari ishlar
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari, kimyo ixtisosligi bo‘yicha bakalavriyat tayyorlaydigan yo‘nalishlar uchun muvaqqat dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda respublikada kimyo fanini rivojlantirish uchun sinfdan tashqari ishlar olib borish muammolari o‘rin olgan. Ushbu kitob oliy o‘quv yurtlari pedagoglari va talabalariga qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglariga uslubiyiy qo‘llanma sifatida ham mo‘ljallangan.
-
O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish I jild
"O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish" kitobining ikkinchi nashrida o'rmonchilik kasbi haqida har tomonlama va to'liq yangilangan ma'lumotlar taqdim etiladi. Kitobda o'rmonchilikning asosiy jihatlari, jumladan, o'rmon resurslarini boshqarish, iqtisodiyot, o'rmon siyosati, o'rmondan foydalanish va ushbu sohadagi kasbiy imkoniyatlar batafsil yoritilgan.
-
O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar I jild
Hindistonlik olim N.G.Ravichandra tomonidan yozilgan "O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar" o'quv qo'llanmasida ekzotik zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va invaziv begona o'tlarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga oid ma'lumotlar bayon etilgan.
-
O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar II jild
Hindistonlik olim N.G.Ravichandra tomonidan yozilgan "O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar" o'quv qo'llanmasida ekzotik zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va invaziv begona o'tlarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga oid ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Mamlakatimizda qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarinin yanada jadallashtirish natijasida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o'sish sur‘atlari saqlanib qolmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, jumladan, korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog'liq bo'lgan masalalarni o'rganish, ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali xavfsizlikni ta‘minlash hozirgi sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash, unga bo'ladigan turli tahdidlarni oldini olish masalasini hal qilish zaruriyati yuzaga keladi.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.
-
Акушерство, гинекология и искусственное осеменение сельскохозяйственных животных
Учебное пособие предназначено студентам ветеринарного факультета высших и средних учебных заведений. Учебным пособием могут руководствовать практические ветеринарные врачи, животноводы и осеменаторы.
-
Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlar
Ushbu oʻquv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining 60510100 – Biologiya bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada ikki mavzu ishlab chiqilgan bo'lib, har bir mavzu o'rganiladigan hayvonlarning sistematik oʻrni, mavzuning rejasi, maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar va qo‗llaniladigan uslublar, ishning mazmuni, shuningdek, hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi hamda ularning rasmlardagi ifodasini o'z ichiga oladi.