-
San’at. San’atshunoslik
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Elektrodinamika
Mazkur darslik nazariy fizika kursining elektrodinamika qismiga bag'ishlangan bo'lib maxsus nisbiylik nazariyasi mikroskopik va makroskopik elektrodinamika bo'limlarini qamrab oladi.
-
Elektrodinamika
Maxsus nisbiylik nazariyasi asoslari. Relativistlik mexanika. Elektromagnit maydondagi zaryad
-
Technical writing and professional communication for nonnative speakers of english
Technical writing and professional communication for nonnative speakers of english
-
-
-
Sun'iy intelekt (Hisoblash agentlarining asoslari) II jild
Sun'iy intelekt (Hisoblash agentlarining asoslari) II jild
-
Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi
Mazkur darslik Ona tili- o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanining o‘quv dasturi va sillabusiga muvofiq yaratilgan. Unda boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi, bosqichlari yoritilgan. Ushbu darslik pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim talabalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va bolalar nutqini rivojlantirish muammolari bilan ishlovchi mutaxassislarga mo‘ljallangan
-
Ichki yonuv dvigatellariga qo‘yiladigan talablar
"Ichki yonuv dvigatellariga qo'yiladigan talablar" fani transport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikalari, maxsus mashinalar hamda energetik qurilmalarda qo'llaniladigan zamonaviy dvigatellarni loyihalash, ularning konstruktiv tuzilishini tahlil qilish va muhandislik hisoblarini bajarishning nazariy hamda amaliy asoslarini o'rgatuvchi muhim mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Mazkur darslikda ichki yonuv dvigatellarining ishlash prinsipi, asosiy mexanizmlari va tizimlari, termodinamik hamda gazodinamik jarayonlari, konstruktiv elementlari, detallar mustahkamligi, issiqlik va mexanik hisoblari, shuningdek dvigatelning asosiy parametrlarini aniqlash usullari batafsil yoritilgan. Darslikda porshen, shatun, tirsakli val, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish, moylash va ta'minlash tizimlari konstruktsiyasi hamda ularning hisoblash metodikalari ilmiy va amaliy jihatdan izchil bayon etilgan. Darslikda zamonaviy dvigatellarda qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, elektron boshqaruv tizimlari, energiya tejamkorlik masalalari va ekologik talablar ham keng yoritilib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy loyihalash ko'nikmalari bilan uyg'unlashtirishga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Mexanizm va mashinalar nazariyasi. Mashina detallari
"Mexanizm va mashinalar nazariyasi. Mashina detallari" nomli darslikda: kirish, mexanizmning tuzilishi va erkinlik darajalari, richagli mexanizmlarning kinematik tadqiqoti, sterjenli mexanizmlarning kinematik tadqiqoti, grafoanalitik usul, mexanizmlarning kinematik tadqiqoti, kulachokli mexanizmlar, aylanma harakatni uzatish, tishli mexanizmlar kinematikasi, planetar mexanizmning sintezi, tishli uzatmalardagi ilashmaning asosiy nazariyasi, tishli g'ildiraklarning tayyorlash usullari, tishli ilashmalarning turlari, richagli mexanizmlar sintezi, mashina detallarining loyihalash asoslari, rezbali birikmalar, shponkali va shlitsali birikmalar, parchin mixli birikmalar, payvand birikmalar, uzatmalar va ularning turlari, tishli uzatmalar, konussimon tishli uzatmalar, chervyakli uzatmalar, friksion uzatmalar va variatorlar, tasmali uzatmalar, zanjirli uzatmalar, vallar va o'qlar, podshipniklar, muftalar, yuk ko'tarish va tashish mashinalari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan
-
Mashinasozlik texnologiyasida resurs tejamkor texnologiyalar
Mazkur "Mashinasozlik texnologiyasida resurstejamkor texnologiyalar" darsligida mashinasozlikda material, energiya va mehnat sarfini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, detallar ishonchliligi va xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi zamonaviy materiallar, texnologiyalar, mustahkamlash usullari va nanotexnologiyalar yoritilgan.
-
RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING LOGOPEDIK REABILITATSIYASI
Ushbu fan rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarda namoyon bo'ladigan kamchiliklari to'g'risida aniq, ravshan tasawur berish hanida ulardagi kamchiliklarini bartaraf etish, korreksiya, kompensatsiya, reabilitatsiya qilish ishlari bo 'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantIrish asosi hisoblanadi.
-
-
RANGTASVIR
Ushbu darslik rangtasvir faniga nazariy va amaliy materiallar berilgan. Darslikda tasviriy san'at texnologiyasi haqida hamda akvarel va guash bo'yog'i texnikasi ishlatishi haqida berilgan.
-
Mashinali tarjima texnologiyalari
Mazkur darslik mashinali tarjima texnologiyalarining nazariy asoslari,rivojlanish bosqichlari va zamonaviy yondashuvlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda qoidaviy, statistik va neyron mashinali tarjima modellarining ishlash tamoyillari, shuningdek, transformer arxitekturasi va katta til modellari yoritilgan. Darslikda mashinali tarjimaning lingvistik va texnologik jihatlari tahlil qilinib, uning afzalliklari va cheklovlari ko‘rsatib berilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari, “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassislik magistrantlari, tadqiqotchilar hamda sun’iy intellekt va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan
-
Psixologik konsultatsiyasining zamonaviy yo‘nalishlari
Mazkur darslik "Psixologik konsultatsiyaning zamonaviy yo'nalishlari fanining o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda psixologik konsultatsiya nazariyasi va amaliyotiga oid muhim ilmiy-nazariy hamda metodik masalalar tizimli ravishda yoritilgan. Darslikda psixologik konsultatsiyaning predmeti, vazifalari, asosiy tamoyillari, konsultativ jarayonning bosqichları, psixologik yordamning turli shakllari hamda psixologik maslahatning zamonaviy ilmiy yo'nalishlari keng tahlil qilingan
-
Ilmiy ish asoslari
Mazkur darslik Oliy ta’lim muassasalarida "Filologiya va tillarni o'qitish (sharq tillari bo'yicha]” ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. U o'z oldiga filologiyagek ulkan fan sohasida talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish sirlarini o'rgatish, oldilariga savollar qo'yib, ularga javob izlash ko'nikmasini shakllantirish vazifasini qo'yadi. Qo'llanmada fan yangi bilim izlash jarayoni sifatida; ilm-fan tadqiqotchi xulqining shakli tarzida; fandagi axloqiy muammolar; ilmiy tadqiqot ishi - ilmiy izlanishning qayd etilagan natijasi sifatida kabi qator masalalar yoritilgan