-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
TOKSIKOLOGIK KIMYO fanidan laboratoriya mashgʻulotlari
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'limning farmatsiya yo'nalishi o'qituvchi va talabalari foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lib, toksikologik kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish tartib-qoidalari, laboratoriya jihozlari va usullarini o'z ichiga oladi.
-
Toksikologik kimyo
Mazkur darslik farmatsevtika va tibbiyot institutlarining farmatsevtika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun toksikologik kimyo fanidan mashg'ulotlar olib borishga mo'ljallangan. Unda zaharli moddalarni har xil biologik obyekt tarkibidan ajratish, tozalash, ularning sifatini va ayrim hollarda miqdorini aniqlashning asosiy usullari ko'rsatilgan.
-
Farmatsevtika ishini tashkil qilish. I qism
Mazkur o'quv qo'llanmada “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” fanini o'qitish bo'yicha o'quv va ishchi dasturlar, me'yoriy hujjatlar, ta'lim texnologiyalari, ularni qo'llash bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. O'quv qo'llanma o'qituvchilar va Farmatsiya yo'nalishi talabalari uchun «Farmatsevtika ishini tashkil qilish» fanidan ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlarini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda qo'llash uchun tuzilgan.
-
Фармацевтика ишини ташкил қилиш
Дарсликда фармацевтика соҳасининг ривожланиш тарихи, фармацевтика бозори ва уни тартибга солиш бўйича халқаро амалий тажриба, ҳуқуқий асослар, дорихона ташкилотларида чакана савдони ташкил қилиш, рецептларни қабул қилиш, дори воситаларини тайёрлаш ва сифатини назорат қилиш ишлари ёритилган. Шунингдек, стационар шароитда даволанаётган беморларни дори воситалари билан таъминлаш ҳамда гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар муомаласи масалалари ҳам кўриб чиқилган.
-
Farmatsevtika ishini tashkil qilish
E.R. Toshmuhamedov, X.S. Zaynutdinov, A.M. Komilov, R.A. Muhamedova, Ye.B. Juravlyova, M.Z. IslomovaDarslikda O'zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyatini va sog'liqni saqlash ishlarini rivojlantirish asoslari, dorixona muassasalari ishini tashkil qilish, dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish masalalari bayon qilingan.
-
Organik sintez fanidan o‘quv qo‘llanma. I qism
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning farmatsiya yo‘nalishi o‘qituvchi va talabalari foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada organik sintez fanining maqsadi, vazifalari, organik moddalar olish reaksiyalari kimyosi va texnologiyasi yoritilgan.
-
Farmatsevtik kimyo: [2 qismli]
Mazkur darslik farmatsevtik kimyo fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan boʻlib, aromat va geterosiklik birikmalar guruhiga kirgan dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalari, tahlil usullari, saqlanishi va qoʻllanishi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Kitob farmatsevtika oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrantlar, stajyor-tadqiqotchilar va dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun moʻljallangan.
-
Farmatsevtik kimyo
Mazkur darslik farmatsevtika institutining bakalavriatura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda farmatsevtik tahlilning umumiy usullari, tibbiyot amaliyotida keng qo'llanilayotgan dori vositalarining olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, tahlil usullari, saqlanishi va qo'llanishi haqida batafsil ma'lumot keltirilgan.
-
Tibbiy kimyo 1—II tom
Mazkur darslik tibbiyot institutlari uchun tasdiqlangan yangi dasturga asoslangan bo‘lib, stomatologiya mutaxassisliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, xorijiy manbalardan foydalangan holda stomatologiya instituti talabalari uchun tuzilgan. Darslikda muhim reaksiyalar mexanizmiga katta e’tibor qilingan, atomlar yoki atomlar guruhi o‘zaro ta’sirining elektron mexanizmlari haqida tushunchalar keltirilgan.
-
Farmatsevtik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'limning farmatsiya yo'nalishi o'qituvchi va talabalari foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lib, dori vositalarining umumiy tahlil usullari, fizik konstantalari va sifat reaksiyalarini o'rganishga bag'ishlangan.
-
Tibbiy kimyo: Darslik. 2-qism Bioorganik kimyo
Mazkur darslik tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan o‘quv adabiyoti boʻlib, umumamaliyot shifokorlar tayyorlashning zamonaviy konsepsiyasiga tayanilgan va tibbiy kimyo fanining yangi rejasi asosida yozilgan.
-
Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi
Darslikda O'zbekiston Respublikasining turli hududlarida o'sadigan dorivor o'simliklarning biologik xususiyatlari, kelib chiqishi, ulardan olinadigan damlamalar, dori-darmonlar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, dorivor o'simliklarni o'stirish sharoitlari, agrotexnikasi, ozuqa moddalariga talabi va mineral hamda organik o'g'itlarning ta'siri yoritilgan.
-
Farmatsevtik texnologiya. I-qism
Mazkur o'quv qo'llanma Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining farmatsiya bo'limi o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, farmatsevtik texnologiya fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'rganishga bag'ishlangan. Qo'llanmada dorixonalarda tayyorlanadigan har xil dori shakllari, ularni tayyorlash usullari hamda dorivor o'simlik mahsulotlaridan qaynatma va damlamalar tayyorlash haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
-
Fitopreparatlar texnologiyasi
Ushbu darslik ta'lim muassasalarining 5320500-Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya) talabalari va keng omma uchun mo'ljallangan. Fitopreparatlar texnologiyasi fani nazariy, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari qismlaridan tashkil topgan bo'lib, dorivor oʻsimliklardan biologik faol moddalarni ajratish, tozalash usullari va texnologiyalarini yoritib beradi.
-
Farmakologiya
Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining barcha fakultet talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, kirish, umumiy va xususiy farmakologiya hamda umumiy retseptura bo'limlarini o'z ichiga oladi. Unda dori guruhlariga umumiy xarakteristika, tasnifi, asosiy dori vositalarining xossalari, qo'llashga ko'rsatmalar va nojo'ya holatlar yoritilgan.
-
Organik kimyo
Darslikda organik birikmalarning eng muhim sinflari, ularning olinish, fizikaviy va kimyoviy xossalari, qo'llanishi hamda organik reaksiya mexanizmlari ko'rib chiqilgan. Kitob farmatsiya, kasb ta'limi, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya va metrologiya yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.