-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
Pedagogika nazariyasi: darslik
Pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda pedagogika nazariyasi fanining asosiy tushunchalari va tamoyillari yoritilgan. Ushbu darslikni o‘rganish orqali talabalar pedagogik jarayonni ilmiy asosda tahlil qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning nazariy asoslarini tushunish, shuningdek, ta’lim muassasalarida samarali pedagogik faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirib boradilar.
-
Atletik gimnastika
Mazkur o‘quv qo‘llanma Farg‘ona davlat universitetining barcha yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u zamonaviy Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablariga to‘liq muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Qo‘llanma talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish va mustaqil mashg‘ulot olib borish malakasini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Moliya huquqi
Mazkur darslik “60420100 – Yurisprudensiya (barcha ta’lim shakllar uchun)” tа’lim yо‘nаlishidа tаhsil оlаyоtgаn tаlаbаlаr hаmdа faоliyаt yuritаyоtgаn prоfessоr- о‘qituvchilаrgа mо‘ljаllаngаn bо‘lib, Moliya (iqtisodiy) huquqi fаnidаn nаzаriy vа аmаliy jihаtdаn fоydаlаnishlаri mumkin. Ushbu darslik Оliy tа’lim muаssаsаsi tоmоnidаn tаsdiqlаngаn аmаldаgi dаsturlаr аsоsidа tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida foydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Ijtimoiy pedagogika: darslik
Ushbu darslik barcha pedagogika, tarbiya fani o‘qituvchilari ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat standarti va namunaviy o‘quv dasturlariga asosan tayyorlangan fan sillabusiga to‘liq mos keladi.
-
International standards in teaching and assessing English
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Ingliz tili o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Qo‘llanma ingliz tilini o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari, zamonaviy metodlar va strategiyalarni, shuningdek, grammatika, leksika, talaffuz, og‘zaki nutqni baholash va xatolarni tuzatish kabi asosiy yo‘nalishlarni yoritadi.
-
Ma’muriy huquq sub’yektlari
Ushbu o‘quv qo‘llanma huquqni qo‘llash amaliyoti natijalari tahlili hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda ma'muriy huquq sub’yektlarining umumiy tavsifi.Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq sub’yekti sifatida. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari.Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ma'muriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy yuridik ta’lim muassasalari talabalari, tinglovchilari (kursantlari), professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun mo‘ljallangan.
-
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti jahon miqyosidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishda muhim o‘rin tutadi. Bu sohaning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, u davlat va mintaqalarning iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi va mahalliy infratuzilma rivojlanadi. Turizm madaniy almashinuvni rag‘batlantiradi va jahon miqyosida madaniy boyliklarni saqlab qolishga yordam beradi. Barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan, turizm sohasidagi innovasiyalar va samarali menejment ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Globallashuv va raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan turizm va mehmonxona xo‘jaligi yangi imkoniyatlar va muammolarga duch kelmoqda. Bu sharoitda samarali menejment va strategik qarorlar qabul qilish sohaning barqaror rivojlanishini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
-
Qaraqalpaqstan tariyxı (Áyyemgi dáwir)
Oqıw qollanbada tariyxıy waqıyalıq Qaraqalpaqstannıń eń áyyemgi dáwirlerinen baslap erte orta ásırler dáwirindegi rawajlanıwlarına shekemgi dáwirdi óz ishıne qamtıydı. Qaraqalpaqstan tariyxı páni hám pánniń aldına qoyǵan wazıypası, onıń áhmiyeti, jaslar tárbiyasındaǵı ornı kórsetilip beriledi. Qollanbada áyyemgi dáwirdegi Qaraqalpaqstannıń aymaǵı, arxeologiyalıq izertlewler, tas ásıri, qola dáwiri, temir ásıri, antik dáwiri tariyxı hám Ullı jipek jolınıń úlkemiz arqalı ótiwi hám onıń áhmiyeti, mádeniy turmısı, mámleketshıligi hám usı dáwirdegi tariyxıy waqıyalar máselelerine itibar berilgen. Qollanba joqarı oqıw orınları “Tariyx” baǵdarı studentlerine arnalǵan. Sonday-aq, basqa da baǵdardaǵı studentler hám magistrantlar, aspirantlar, izertlewshıler, ilimiy xızmetkerler hám de usı taraw boyınsha qızıǵıwshılardıń paydalanıwına boladı.
-
Profayling (vizual materiallar atlasi)
Mazkur darslik XX asrning 80-yillaridan boshlab, biznes va oilaviy munosabatlarni o‘rganishda qo‘llab kelinayotgan profayling – inson va uning xususiyatlarini o‘rganishning psixologik usullari metodikasiga oid vizual materiallar atlasi bo‘lib, undagi ilmiy materiallar noan’anaviy tarzda taqdim etilgan. Mazkur darslik vizual materiallar asosida to‘ldirilgan bo‘lib, uning tarkibida operativ psixodiagnostika (inson psixotipini aniqlash), yolg‘onni aniqlash va emotsiyalarni o‘qiy bilish (nutq, imo-ishora, mimikaga asoslangan yolg‘onni instrumentlarsiz fosh etish), qat’iy muzokaralar olib borish, manipulyatsiya bilan ishlash (“qat’iy” shakldagi muzokaralarni bostirish), yollash va netvorking (aloqalarni o‘rnata bilish san’ati), yuz xususiyatlariga oid tahlil, ijtimoiy muhandislik (ma’lum harakatlar yoki konfidensial ma’lumotni olish uchun psixologik manipulyatsiya qilish) kabi bilimlarni o‘zlashtirish masalalari ochib berilgan. «Profayling (vizual materiallar atlasi)» darsligi oliy ta’lim psixologiya yo‘nalishining bakalavr va magistratura talabalari uchun tavsiya etiladi. Sotsiologiya, iqtisodiyot bakalavr yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ushbu darslikda berilgan ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin.
-
Dala etnografiyalıq izertlew usılları
Oqıw qollanba studentler, magistr,doktorantlar hám basqa da etnografiya ilimi menen qızıǵıwshılarda dala etnografiyalıq ekspediciyalar shólkemlestiriw hám olardı ótkeriwge baylanıslı bilim, tájiriybe qáliplestiredi.
-
Отраслевая экономика
Основу учебного пособия составляют лекции по отраслевой экономике, читаемые в высших образовательных учреждениях для студентов бакалавриата по экономическим направлениям. В учебном пособии подробно изложены теоретические знания и практические примеры состояния развития отраслей в стране, влияние развития отраслей на социально-экономическую среду, инновационного развития отраслей. Широко приведенные теоретические и практические информации послужат читателям понять отраслевую экономику, а также эффективню применять свои знания на практике
-
Dasturlash 1, 2
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, C++ dasturlash tilining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini о‘z ichiga oladi. C++ dasturlash tili о‘zining universal imkoniyatlari, yuqori samaradorligi va keng qо‘llanilish doirasi bilan ajralib turadi. Bu til tizimli dasturlash, kompyuter о‘yinlari yaratish, ilmiy hisob-kitoblar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash kabi turli sohalarda keng qо‘llaniladi.
-
English for Sports and Physical Education
Mazkur o‘quv qo‘llanma “61010200-Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.
-
Python kutubxonalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining eng mashhur va talab yuqori bo‘lgan kutubxonalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular fan, texnika va axborot texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llaniladi. Kitobda ma’lumotlar, tasvirlar, grafikalar, mashinali o‘qitish, vebilovalar yaratish, shuningdek, avtomatlashtirish va ko‘p oqimli (multithreading) ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
Yarimoʻtkazgichlarda kinetik jarayonlar
Ushbu darslik talabalarga yarimo‘tkazgich materiallarini o‘rganishning mavjud usullarini o‘zlashtirish, shuningdek, nazariy bilimlarni diplom va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda, amaliy masalalarni yechishda qo‘llashda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘quvchilar hukmiga havоla etilayotgan ushbu darslik оliy ta’limning fizika, qattiq jismlar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika mutaxassisligi, magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan. Ushbu adabiyotni yozishda, INTERNET оrqali оlingan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chоp etilgan materiallardan ijodiy fоydalanilgan bo‘lib, u kamchiliklardan hоli emas. Shu sababli uning mazmunini, ma’nоsini bоyitish maqsadida berilgan fikr-mulоhazalarni mualliflar minnatdоrchilik bilan e’tiborga olishadi.
-
Gastronomiya turizmi
Ushbu dаrslikdа gаstrоnоmiyа turizmi fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri, аgrоturizmni shаkllаntirish vа rivоjlаn-tirishdаgi tutgаn o’rni аsоslаngаn. Gаstrоnоmiyа turizmi fаni turistlаrgа оvqаtlаnish xizmаtini ko‘rsаtuvchi kоrxоnаlаr vа ulаrni tаvsiflаnishi, turistlаrni оvqаtlаntirishning eng mаqbul tizimlаri, turistlаrni оvqаtlаnti-rish kоrxоnаlаrini tаshkiliy-bоshqаruv tuzilmаsi va shu kabi masalalar yoritilgan.