-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Mamlakatimizda qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarinin yanada jadallashtirish natijasida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o'sish sur‘atlari saqlanib qolmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, jumladan, korrupsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog'liq bo'lgan masalalarni o'rganish, ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali xavfsizlikni ta‘minlash hozirgi sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash, unga bo'ladigan turli tahdidlarni oldini olish masalasini hal qilish zaruriyati yuzaga keladi.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.
-
Kvant mexanikasi 2-qism
Darslikning ikkinchi qismida kvant mexanikasining bir qator fundamental bo‘limlari — «Mikrozarralarning markaziy simmetrik maydondagi harakati», «Qo‘zg‘alishlar nazariyasi», «Spin va ayniy zarrachalar tizimlari» hamda «Kimyoviy elementlarning davriy tizimi» masalalari keng qamrovli va tizimli tarzda yoritilgan. Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining fizika, fizika va fizikani o‘qitish metodikasi, shuningdek, fizika va astronomiya yo‘nalishlari bakalavriat talabalari uchun o‘quv adabiyoti sifatida tayyorlangan. Shu bilan birga, u qattiq jism fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli asboblar fizikasi, elektronika va mikroelektronika kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklariga ham oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
Акушерство, гинекология и искусственное осеменение сельскохозяйственных животных
Учебное пособие предназначено студентам ветеринарного факультета высших и средних учебных заведений. Учебным пособием могут руководствовать практические ветеринарные врачи, животноводы и осеменаторы.
-
Туберкулез и смешанные инфекции животных
В книге обобщен многолетний труд автора по оздоровлению неблагополучных по туберкулезу крупного рогатого скота хозяйств молочного и мясного направлений. Выявлены причины рецидива туберкулеза в ранее оздоровленных хозяйствах; предложена схема прижизненной дифференциации специфических туберкулиновых реакций от неспецифических; схема оздоровления хозяйствующих субъектов в зависимости от направления с включением химио- и вакцинопрофилактики; подробно изложены методы диагностики КРС с включением иммунологических методов исследования; определена экономическая эффективность противотуберкулезных мероприятий.
-
Sun'iy intellekt va ta'lim amaliyoti: Aniq fanlar nashri
XXI asrning dastlabki yigirma yilligi ilm-fan va texnologiyalarning misli ko'rilmagan sur'atda rivojlanishiga guvoh bo'ldi. Texnologik taraqqiyot tezligi xuddi fazoga uchirilgan raketa kabi tezlashib, kavant texnologiyalari an'anaviy fizika chegaralarini kengaytirilmoqda, sintetik biologiya hayot haqidagi tasavvurimizni tubdan o'zgartirmoqda, chuqur o'qitishga asoslangan tizimlar esa inson bilimining chegaralarini qayta belgilamoqda.
-
Kvant mexanikasi 1-qism
Mazkur darslikning birinchi qismida kvant mexanikasining asosiy tushunchalari va nazariy asoslari yoritilgan boʻlib, unda kvant-mexanikaviy kattaliklarning batafsil tahlili amalga oshirilgan. Asar oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va fizika oʻqitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya” yoʻnalishlari bakalavriat talabalari uchun darslik sifatida yozilgan. Shuningdek, u qattiq jismlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli asboblar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika yoʻnalishlaridagi magistratura hamda tayanch doktorantura talabalari uchun ham oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlar
Ushbu oʻquv qo'llanma Oliy o'quv yurtlarining 60510100 – Biologiya bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada ikki mavzu ishlab chiqilgan bo'lib, har bir mavzu o'rganiladigan hayvonlarning sistematik oʻrni, mavzuning rejasi, maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar va qo‗llaniladigan uslublar, ishning mazmuni, shuningdek, hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi hamda ularning rasmlardagi ifodasini o'z ichiga oladi.
-
Elektron pedagogika fanidan amaliy mashg‘ulot topshiriqnomalari
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogikaning zamonaviy va dolzarb muammolaridan biriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda elektron ta’lim nazariyasi, axborotlashtirilgan muhit, pedagogik dasturiy vositalar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada amalga oshiriladigan navbatdagi ishlarga amaliy manba bo‘la olishi shubhasiz. Bundan tashqari, undan oliy ta’limda bakalavriyat ta`lim yo‘nalishi talabalari barcha fanlardan o‘quv va elektron manbalar yaratishda samarali foydalanish mumkin.
-
Eski o‘zbek yozuvi
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60220300 – Tarix hamda 60320300 – Arxivshunoslik yo‘nalishida “Eski o‘zbek yozuvi” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tadigan o‘qituvchi, shuningdek, mazkur yo‘nalish talabalari va eski o‘zbek yozuvini mustaqil o‘rganishga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Fizikaviy kimyodan laboratoriya mashg'ulotlari
O'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlarining "Kimyo" bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, shuningdek kimyo o'qituvchilari, fizikaviy kimyo fanini o'qiydigan universitet talabalari ham foydalanishlari mumkin. Mazkur o'quv qo'llanmada talabalar laboratoriyada o'quv ishlarini bajarish jarayonida nazariy bilimlarini yanada oshirib fizikaviy, kimyoviy usullarida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish kompetensiyalarini takomillashtiradi.
-
Анклав ва эксклав ҳудудлар географияси
Китобда анклав ва эксклав ҳудудлар географиясинин назарий ва амалий масалалари, Жаҳон хўжалиги тизимида анклав ва эксклав ҳудудларнинг умумий тавсифи, Марказий Осиё мамлакатларида шаклланган анклав ва эксклав ҳудудларни асосий муаммолари ҳамда истиқболлари ҳақида сўз юритилади.Ушбу китоб география соҳасидаги талаба, магистр ва илмий изланувчиларга, ушбу муаммо билан қизиқувчи барча мутахассисларга мўлжалланган.
-
Umumiy kimyodan amaliy laboratoriya mashg'ulotlar
Ushbu o'quv qo'llanmada umumiy va noorganik kimyo fanining nazariy va amaliy asoslari batagsil yoritilgan.Qo'llanmada dastlab kimyo laboratoriyasida ishlashning umumiy tartibi va qoidalari bayon qilinib, uning asosiy qismida umumiy va noorganik kimyoning mavzularini to'liq qamrab olgan amaliy mashg'ulotlar keltirilgan. Qoʻllanmaga umumiy va noorganik kimyoning nazariy masalalariga, biogen elementlarning qishloq xo'jaligidagi roli va mutaxassisliklarga mos laboratoriya ishlari keltirilgan.Mazkur o'quv qo'llanma qishloq xo'jaligi sohasi oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan.
-
Tabiiyot va geografiya o'qitish metodikasi
Tabiiyot va geografiya o'qitish metodikasi pedagogika fanlar tizimiga kiradi. Bu fan maktablarda tabiiy va iqtisodiy geografiya asoslarini o'qitish jarayonini o'rganadi. U umumiy dilaktika bilan bog'langan. Didaktika - ta'limning mazmunini, o'quv jarayonini va tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini o'rganadigan nazariy fandir. Ammo u alohida fanlarni o'qtish bilan shug'ullanmaydi. Alohida fanlarning o'qitish metodikasi bilan maxsus pedagogika fanlari shug'ullanadi.
-
СЕЙСМИЧЕСКАЯ РАЗВЕДКА
Десять лет, прошедших со времени выхода в свет первого издания учебника, отличались все убыстряющимся темпом развития сейсмической разведки. Значительные результаты были получены по всем важнейшим разделам теории, техники и методики, расширилась область приложения сейсморазведки. Эти обстоятельства заставили существенно переработать учебник, с тем чтобы привести его в соответствие с современным состоянием сейсмической разведки. Прп этом было принято во внимание изменение учебных планов в соответствии с которым некоторые, наиболее сложные и специальные разделы сейсмической разведки перенесены в курс «Дополнительные главы разведочной геофизики». Из учебника исключена глава, посвященная преобразованиям Фурье, поскольку теперь эта тема подробно рассматривается в курсе высшей математики.
-
Имо-ишора тили
Халқимизда "Кўзлар инсоннинг қалб ойнасидир" деган накл бор. Биз бунга қўшимча килиб айтамизки, нафақат кўзлар, балки инсоннинг юзи, юриши, тана тузилиши, ўзини тутиши ва характери у ҳақида кўпгина маълумотни бериши мумкин. Физиогномикани ўрганганлар учун бу маълумотлар очиқ турган китоб мисолидек. Уни ўқий олсангиз бас. Бу китоб сизга инсон хусусиятининг яширин кирраларини бурун, кошлар ва бошқа аъзолар тузилишига қараб аниклаш имконини беради.