-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Moliya; xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
O‘quv qo‘llanma “Moliya” fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi davlat moliyaviy salohiyatining asosi, xo‘jalik yurituvchi subyekt XYuSlarni moliyaviy isloh qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabelligi, xo‘jalik yurituvchi subyekt marketing strategiyasining moliyaviy yo‘nalishlari, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash investitsion dasturlarini moliyalashtirish, XYuSlarning moliyaviy barqarorligi kabi masalalar o‘z aksini topgan.
-
Ishlab chiqarish muhandisligi va tenologiyasi II jild
Mazkur kitob ishlab chiqarish muhandisligi va texnologiyasi toʻgʻrisida boʻlib, mu- alliflar fandagi erishilayotgan yutuqlar, asosiy tushunchalar, qonuniyatlar va amaliy ji-hatlari, avtomatlashtirish va innovatsion yondashuvlarni zamonaviy yoritishni maqsad qilgan. Qoʻllanmada ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik asoslari, uskunalar va texnologiyalar tanlash, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, mehnat unumdor- ligini oshirish hamda mahsulot sifatini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.Nashr sanoat korxonalarida resurslardan oqilona foydalanish, texnologik innovatsiyalarni joriy etish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish muhimligini ochib beradi. Shuningdek, qoʻllanma oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrantlar hamda ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun moʻljallangan.
-
Янги педагогик технологиялар
Қўлингиздаги китобда педагогик технологияларни тизимли ёндашув методи асосида лойихалаш қонуниятлари изчил ёритилади, улардан узлуксиз таълим шароитида фойдаланишнинг ўзига хос жихатлари кўрсатилади ва шу тарифа субъектнинг эркин фикрлашини кафолатлайдиган педагогик жараён сиру-синоатлари очиб берилади. Китоб академик лицей, касб-ҳунар коллежлари ўқитувчиларига мўлжалланган, шунингдеқ ундан умумий ўрта мактаб ва олий ўқув юртлари педагогларининг фойдаланиш имкониятлари мавжуд.
-
IJTIMOIY ISHGA KIRISH
“Ijtimoiy ishga kirish” nomli mazkur darslik 60920100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ijtimoiy ish kasbining nazariy asoslari, mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari tizimli hamda ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Darslikda ijtimoiy ish fanining shakllanish va rivojlanish jarayonlari, uning asosiy tushunchalari, tamoyillari, metodlari va texnologiyalari izchil tarzda bayon etilgan.Shuningdek, unda ijtimoiy ishning turli sohalarda, xususan, oila, bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan olib boriladigan faoliyatining o‘ziga xos jihatlari keng yoritilgan.
-
Analitik kimyo va fizik-kimyoviy tahlili
O´quv qo´llаnmа o´quv vа ishchi dаstur аsоsidа yozilgаn. Qo´llanmada keltirilgan namunaviy masalalar fanning asosiy bo´limlari bo´yicha sifat va miqdor tahlilning nazariyalari bilan tanishtiradi. Har xil kimyoviy hisoblash usullari amaliy va mustaqil ishni osonlashtiradi. Har bir bobning boshida analitik kimyoning eng muhim tomonlari ko´rib chiqilgan, jarayonning eng muhim qonuniyatlarini e`tiborga olib, yo´naltiruvchi asosiy va qo´shimcha formulalari keltirilgan. Masalalar va ularning yechimi osondan qiyinga oshib borish tartibda joylashtirilgan. Umuman olganda qo´llanma analitik kimyoning asosiy materiallarini o´z ichiga qamrab olgan.
-
Parvozlar xavfsiziigi va inson omili
Darslikda nazariya va amaliyotni mantiqiy bogMaydigan tuzilma taklif etiladi. Birinchi qismda asosiy tushunchalar va me’yoriy asoslar ko’rib chiqiladi
-
Moliyaviy buxgalteriya hisobi II jild
Robert Libbi, Patrisia Libbi va Frenk Hoj muallifligidagi «Moliyaviy buxgalteriya hisobi» kitobining o'n birinchi nashrida talabalarni moliyaviy hisobni oʻrganishga jalb qiluvchi amaliy jihatlar va innovatsion pedagogik yondashuvlarga urg'u berilgan. Darslikda tranzaksiyalarni bosqichma-bosqich tahlil qilish usuli va nazariy tushunchalarni amaliy qoʻllash uchun vaziyatni oʻrganish usulidan foydalaniladi. Ushbu nashr talabalarni moliyaviy buxgalteriya sohasining texnik va strategik jihatlarini tushuntirishga qaratilgan. Mazkur xorijiy oʻquv adabiyoti professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning oʻquv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Osmon mexanikasi va kosmik mexanika
Darsitk osmon jismlarining harakatini va kosmik fazo dinamikasini o‘rganishga bag'ishlangan. Darslikda asosan sayyoralar, yulduzlar, va boshqa kosmik jismlarning orbitalari, ularning o‘zaro tortishish kuchlari va harakai qonuniyatlari batafsil tahlil qilinadi. Shu bilan birga, kitob kosmonavtika sohasi uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni ham o‘z ichiga oladi
-
Geoinformatika: metodlar va qoʻllanilish sohalari
Geoinformatika kartografiya, geologiya va geografiya fanlari infratuzilmasi sohasidir. Ushbu soha fazoviy ma'lumotlarni olish, tahlil qilish va vizuallashtirish imkonini beruvchi texnologiyalarga asoslangan. Geoinformatika tadqiqotlarida geofazoviy tahlil va modellashtirish, axborot tizimini loyihalash, geofazoviy ma'lumot bazalari, inson va kompyuter oʻzaro taʼsiri kabi sohalardan foydalaniladi. Geoinformatikada eoma'lumotni tahlil qilish uchun geovizualizatsiya va geokompyuterdan ham foydalaniladi. Geoinformatika sohalari xilma-xildir: sog'liqni saqlash, shaharsozlik va yerdan foydalanishdan tortib meteorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof-muhitni modellashtirish va tahlil qilishgacha. Geoinformatika sohasi jadal rivojlanmoqda va koʻplab sohalarda qoʻllanilmoqda. Ushbu kitob nazariya va tadqiqotdan tortib amaliy qoʻllanilishgacha boʻlgan barcha dolzarb mavzularni qamrab olgan. Maqsad talabalar va mutaxassislarni ushbu sohadagi zamonaviy mavzular va istiqbolli rejalar bilan tanishtirishdir.
-
“Mashinasozlik texnologiyasi asoslari va jihozlari
Ma’lumki, talabalar “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari”fanidan loyiha-hisob ishini bajarishda davlat tilida yozilgan uslubiy qo‘llanmalar yetishmasligi sababli, ma’lum muammolarga duch keladilar.
-
Правила технической эксплуатационной эксплуатации и нормативные документы
Основной задачей транспорта является своевременное и качественное удовлетворение всех потребностей населения и хозяйствующих субъектов в транспортных услугах, обеспечение эффективности и устойчивости транспортной системы.
-
Metallurgiyaning fizik tamoyillari I jild
Ushbu kitob metallarning tuzilishi va ularning fizik-mexanik xossalarini shakllantiruvchi asosiy jarayonlarning ilmiy asoslarini tizimli ravishda bayon etishga bagʻishlangan. Asarda kristall tuzilish, dislokatsiyalar nazariyasi va plastik deformatsiya mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi hamda ularning material xossalariga ta'siri koʻrib chiqiladi. Shuningdek, diffuziya jarayonlari, qattiq eritmalar, faza aralashmalarining fizik tabiati va metallarning qotish mexanizmlari, jumladan, yadrolanish va oʻsish kinetikasi ilmiy asosda yoritilgan. Dispersiya orqali qattiqlashish, martensitik oʻzgarishlar va egizaklanish hodisalari ham alohida tahlil qilingan.
-
Контактная связь
В ряде работ для лучшего запоминания и усвоения материала предлагается изображать отдельные узлы описывать их назначение и требования к ним.
-
Amaliy tаrjimа
Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Eng katta boylik bu — aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu — yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu — bilimsizlikdir. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.
-
Konchilik muhandisligi faniga kirish I jild
"Konchilik muhandisligi faniga kirish" miqdoriy va raqamli yondashuvlarnibirlashtirgan konchilik boʻyicha muhim darslikdir. Unda togʻ-kon dasturlari batafsil yoritilgan, alohida mavzular aniq va har tomonlama chuqur tahlil qilingan, shuningdek, sohaga oid misollar va muammolar keltirilgan. Dastlabki boblar foydali qazilmalarni qazib olishning to'rt bosqichi (qidirish, razvedka qilish, ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish) va asosiy texnologik operatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Keyingi boblar yerusti va yerosti konlari sohalarini qamrab oladi. Kitob yangi usullarni oʻz ichiga olgan, shu bilan birga amaliy misollar, individual muammolarga javoblar, bibliografiya va havolalar taqdim etilgan. Talabalarga qulaylik tugʻdirish maqsadida kitobda ingliz va metrik oʻlchov birliklaridan foydalanilgan.
-
Проект организации строительства участка новой железной дороги
Верхнее строение пути: рельсы Р65 длиной 25 м, шпалы железобетонные, балласт - песчаная подушка толщиной 0.20 м, щебеночный слой 0,25 м. Песчаный балласт может быть получен из карьера