-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Kreativlik va innovatsiya
O'quv qo'llanmada kreativlik va innovasiyalarning iqtisodiy ahamiyati, iqtisodiyotda tutgan o'rni, korxonalarda innovatsion jarayonga kirishish tartibi, kreativlik va innovatsiyalar uchun muhit yaratish, innovatsion jarayonlarni boshqarish va strategik hamkorlik asoslarining mohiyati, innovatsiyalar va bozor, yangi mahsulot g'oyalari uchun kraudsorsing, inson kapitali indeksi, innovatsion diffuziya nazariyalari, korxona va tashkilotlarda innovatsion jarayonni tahlil qilish uchun SIPOC modelining o'rni, xizmatlar sohasida innovatsiyalar va iste'molchi, innovatsion jarayon modellari va boshqa mavzularning mohiyati kreativ tarzda yoritilgan
-
Biznesda qarorlar qabul qilish
Mazkur darslik o'quv dasturida belgilangan mavzular bo'yicha materialni taqdim etish uchun aniq va izchil tuzilishga ega. Har bir bosqich uchun turli darajadagi murakkablikdagi muayyan muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ma'lum usullarning aksariyati berilgan. Darslikda keltirilgan iqtisodiy va boshqaruv muammolarini hal qilish vositalari qarorlar qabul qilish metodologiyasining muayyan bosqichlari va tartiblariga maxsus moslashtirilgan. Ko'rib chiqilayotgan material amaliy vaziyatlar uchun tegishli texnika va algoritmlarni qo'llashni aks ettiruvchi misollar bilan tasvirlangan
-
Yarimo‘tkazgichli optoelektron asboblar
Ushbu uslubiy qo‘llanmada hozirgi zamon optoelektron elektron asboblarnig asosini yarimo‘tkazgichli asboblar tashkil qilishini e’tiborga olgan holda, avvalo yarimo‘tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari va ular asosidagi asboblar o‘rganilgan. So‘ng, optoelektron asboblarda yuz beradigan optik nurlanishni asosiy xususiyatlari va parametrlari, yarimo‘tkazgichli nurlagichlarlarning (yorug‘lik diodlar) parametrlari va xarakteristikalari, fotoqabulqilgichlarning parametrlari va xarakteristikalari va optron qurilmalar o‘rganilgan.
-
KASB- HUNARGA YO'NALTIRISH
"KASB - HUNARGA YO'NALTIRISH" FANI 60112300- TEXNOLOGIYA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARI UCHUN O'TILADIGAN MUHIM FANLARDAN BIRI BO'LIB, BU FANNI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNI YOSH AVLODNI ONGLI RAVSHDA KASB TANLASHGA TAYYORLASH, ULARNING QIZIQISHLARI , QOBILIYATLARI, VA IMKONIYATLARIGA MOS KASB HUNARNI TANLASHDA KO'MAKLASHISH, AYNIQSA TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHI DOIRASIDA O'QUVCHILARNI ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARI BILAN BOG'LIQ KASBLARDA YO'NALTIRISH KO'ZDA TUTILGAN.
-
Raqamli marketing
Ushbu o'quv qo'llanmada keltirilgan mavzular mantiqan ketma-ketlikda tuzilgan boʻlib, unda raqamli marketingning rivojlanish tarixi va uning asosiy tushunchalarining mohiyati, raqamli platforma va kanallar, raqamli biznes, SEO, SMM, PPC, SMO, targeting hamda elektron tijorat tushunchalari, raqamli bozorlarni segmentatsiyalash va maqsadli auditoriyani tanlash, tegishli ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash orqali raqamli marketing tadqiqotlarini o'tkazish va raqobatchilarni har tomonlama tahlil qilish, CRM, KPI, ROI, konversiya ko'rsatgichlarini tahlil qilish, eng optimal raqamli marketing texnologiyalari va strategiyasini tanlash va uni korxonalar faoliyatida samarali amalga oshirish hamda onlayn do'kon, SMM kompaniyalarini yaratish, global raqamli bozorda raqobatbardoshlikni ta'minlash bo'yicha to'liq ma'lumotlar keltirilgan.
-
Elektr texnika, mikroelektronika va boshqarish asoslari. 2 Jild.
Elektron qurilmalarni o`rganishdagi muhim tamoyil-bu analog yoki raqamli ma`lumot tashuvchisi sifatidagi elektr signal ko`rinishini sifatli tushunishdir. Aynan shu o`tish analog va raqamli kompyuter texnologiyalarining elementlar bazasini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi
-
Tuproqshunoslik va dehqonchilik
Mustaqil O`zbekistonning kelajakda barqaror rivojlanishida agrar soha tarmoqlarini boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va bozor munosabatlartalablariga moslashtirish muhim strategik tamoyil hisoblanadi
-
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАР НУТҚИНИ ЎСТИРИШДА ТАЪЛИМИЙ ЎЙИНЛАРНИНГ МЕТОДИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Мазкур ўқув-услубий қўлланма олий ўқув юрти талабалари ва мактабгача таълим муассасаларининг тайёрлов гуруҳлари тарбиячилари учун мўлжалланган
-
Безопасность жизнедеятельности
Учебник ижложен согласно типовой программе по предмету "Безопасность жизнедеятельности", включены темы, предназначенные подготовке обучающихся к осознанным действиям в чрезвычайных ситуациях Цель данного учебника научить читателя в будущем грамотно применять способы защиты жизни и здоровья, сформировать навыки оказания первой помощи населению при ликвидации последствий чрезвычайных ситуаций. Учебник предназначен для студентов очных и заочных форм обучения бакалавриата всех направлений, так и для широких слоев населения.
-
Tovarlar ekspertizasi
Ushbu o'quv qo'llanma "Tovarlar ekspertizasi" fanidan nooziq-ovqat tovarlari ekspertizasi bo'limidan olingan nazariy bilimlarni mustakamlash uchun va amaliy mashg'ulotlarini bajarish uchun yordam beruvchi vosita sifatita mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan nooziq-ovqat tovarlari assortimenti va iste'mol xususiyatlarini shaklantiruvchi omillar, nooziq-ovqat tovarlar assortimenti, iste'mol xususiyatlari, sifatiga qo'yiladigan talablarga, alohida e'tibor berilgan.O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Oliy o'quv yurtlarida "Marketing" ta lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Undan "Iqtisodiyot", "Menejment", "Xizmatlar soxasi" ta'lim yo'nalishlari o'quv rejalarida "Tovarlar ekspertizasi" fani kiritilgan talabalar ham foydalanishi mumkin.
-
Финансовый контроль
Настоящие учебное пособие подготовлен в соответствии с программой предмета «Финансовый контроль» одной из важных учебных дисциплин при подготовке специалистов направлений образования «Финансы». В краткой форме автор излагает содержание всех основных тем курса, при этом уделяя внимания основным проблемам современной финансовой политики. Содержание и структура указаний соответствует требованиям Государственного образовательного стандарта высшего и средне специального образования Республики Узбекистан
-
Biznesda buxgalter (II qism)
"Biznesda buxgalter" nomli o'quv qo'llanmada "Biznesda buxgalter» fan tarkibida shaxslar, guruhlar va jamoalar, shaxslarni va guruhlarni rag'batlantirish, trening va rivojlanish, xatti-harakatni, ishni baholash, shaxsiy samaradorlik va muloqot, odob-axloq konsentrasiyasi kabi mavzular o'rin olgan. "Biznesda buxgalter" fan dasturi ACCA xalqaro tashkiloti F1 "Accountant in Business" sertifikat talablarini o'z ichida qamrab olgan va ushbu fanining o'quv dasturlariga asosan tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanma «FIA Foundations of Accounting in Business - FAB Study Text 2016» asosida mavzular yoritilgan boʻlib, 60410100 «Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr bosqichi talabalari, iqtisodiy sub'ekt xodimlari, oliy o'quv yurtlarining professor o'qituvchilari, magistrantlar va boshqa qiziquvchilar uchun foydalaniladigan qisqa voritilgan o'quv qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
-
Turizmning turlari va resurslari
Turizmdagi xalqaro ekspertlarning xulosalari boʻyicha davlatlarda turizmning taraqqiyot darajalari davlatda turizmning ko'plab turlarini rivojlantirishga bog'liq. Shu sababli, turizm ta'limida tayyorlanayotgan mutaxassislarga "Turizmning turlari va resurslari” fanini o'qitish talabi kiritildi. O'quv qo'llanmada turizmning sohalari, turlarining ta'riflari va ularning resurslari, turlarni rivojlantirish imkoniyatlari, turlarni tashkil qilish va rivojlantirishdagi muammolar va ularning yechimlari, turlarning ekuskursiyalarini, marshrutlarini, reklamalarini ishlab chiqish, turizmidagi turlarga gid-ekskursiyachilar tayyorlash mavzulari yozildi. O'quv qo'llanma universitetlarning, institutlarning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, turizm ta'limidagi magistrlar, talabalar va turizmdagi tadbirkorlarga moʻljallangan
-
Turizm xizmatlar bozori
Darslikda turizm xizmatlar bozorining iqtisodiy-tashkiliy mexanizmini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyaları, mamlakatimizda turizm sohasida. amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat siyosatining maqsadli vazifalari misollar yordamida belgilab berilgan. Darslik oliy ta'lim muassalarining 71010401-"Turizm (faoliyat turlari bo'yicha)" va 71010101-"Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish" mutaxasisliklari magistrantlariga mo'ljallangan. Undan turizm va servis texnikumlari talabalari va turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Mehmonxona xo‘jaligida korporativ madaniyat
O'quv qo'llanmada mehmonxonalarda korporativ madaniyatning mohiyati va ob'yektiv zarurati, xalqaro mehmonxonalarda korporativ madaniyatning qoidalari va uning turizm sohasi xodimlari uchun ahamiyati, korporativ madaniyatni shakllantirishda shaxs xulq atvorining ahamiyati, mehmonxonalarda korporativ madaniyat tushunchasi, xodimlarning mehnat munosabatlari etikasi, xodimlarining nutq madaniyati, rahbar va xodimlarning tashqi ko'rinishi madaniyati, rasmiy ziyofatlarni tashkil etish madaniyati, xodimlar o'rtasida nizolarni bartaraf etish yo'llari, strategiyani qo'llab-quvvatlovchi korporativ madaniyatni yaratish, mehmonxonalarning korporativ madaniyati rivojlanish darajasini tahlil qilish, mehmonxonalarning korporativ madaniyatini boshqarish kabi masalalar yo' ritilgan. Shuningdek, har bir mavzuni talaba tomonidan yaxshi o'zlashtirishi bo'yicha tayanch so'z va iboralar, mustaqil ishlash uchun savollari berilgan.
-
Biznesni tadqiq etish usullari
Ushbu o'quv qo'llanmada "Biznesni tadqiq etish usullari" fanining predmeti va vazifalari, biznesni tadqiq etishni tashkil qilish, biznesni tadqiq etish usullarini tanlash, biznesda raqobat ustunligini ta'minlash konsepsiyasi, biznes jarayonini tahlil qilishda axborot tizimlari, firmaning biznes faoliyatini strategik rejalashtirish, raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va talabni o'rganish, biznesda bozor kon'yunkturasini o'rganishning asosiy yo'nalishlari, firmaning ichki va tashqi bozordagi biznesstrategiyasini tanlash nazariy va uslubiy jihatdan yoritilgan.